Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vobkent tumanida qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish tizimi joriy etildi
    17.06.2021

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi “Buxoro Agroklaster” MChJ bilan hamkorlikda Vobkent tumani qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

    Qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish tizimlarini joriy qilish maqsadida, tumandagi 14 ta hududlarda “Buxoro Agroklaster” MChJ tomonidan “Smart map” axborot tizimi joriy qilindi.

    Tizimning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, avtomatlashtirish, inson omilidan aralashtirmaslik, yuqori samaradorlikka erishish, ekinlar ekilishini va rivojlantirishni nazorat qilish, sun’iy yo‘ldosh hamda aerofotos’yomka ma’lumotlariga ko‘ra konturlardagi kasallangan, zararlangan hududlarni aniqlash va ularni bartaraf etish hisoblanadi.

    Shuningdek, tumandagi 4 ta paxtani qabul qilish maskanlarida elektron tarozilar va kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, paxta hosilini qabul qilishda, paxta qabuli ko‘rsatkichlari bo‘yicha tayyorlanadigan hisobotlar ochiqligini ta’minlashda hamda ushbu jarayonda inson omilini qisqartirish maqsadida “E-CAS” tizimidan foydalanib kelinmoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati