Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Unicon.uz” DUK va Fanlar akademiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    11.06.2021

    "Unicon.uz" - Fan- texnika va marketing tadqiqodlari markazi davlat unitar korxonasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga oid bajariladigan vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda Farmonda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan ustuvor yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi.

    Davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini ta’minlash borasida O‘zbek tilini Internet tarmog‘ida ommalashtirish, unda munosib o‘rin egallashini ta’minlash, dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalarini yaratish, o‘zbek tilini o‘rgatuvchi kompyuter dasturlarini keng miqyosda amaliyotga tatbiq qilish, O‘zbek tilidagi matnlar tahririga mo‘ljallangan kompyuter dasturlarini yaratish, Davlat tilida yaratilgan dasturiy ta’minotlarida yagona sertifikatlash va standartlashtirish xizmatini joriy etish kabi vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

    Manba: Axborot xizmati