Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Fargʻona viloyatida ham “E-qaror” tizimi ishga tushirildi
    07.06.2021

    “E-qaror” tizimi orqali hokimliklar va xalq deputatlari Kengashi qarorlari qabul qilinishi 2021-yil 1-yanvardan sinov tariqasida Qashqadaryo viloyatida ishga tushirilgan edi.

    Hozirda Fargʻona viloyatida ham ushbu tizimni yoʻlga qoʻyish boʻyicha Vazirlikning hududiy boshqarmasi, “UZINFOCOM” yagona integratori va Adliya vazirligi hamkorligida ishlar olib borilib, viloyat hududlarida bosqichma-bosqich “E-qaror” tizimini joriy etish boʻyicha oʻquv-seminarlari tashkillashtirilmoqda.

    “E-qaror”tizimi orqali hokimliklarning qarorlarini ishlab chiqish, qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va avtomatik tarzda eʼlon qilish jarayonini boshqarish va nazorat qilish, shu jumladan manfaatdor idoralar tomonidan loyihalarni kelishish, qarorlar loyihalarini koʻrib chiqish va kelishish boʻyicha idoralararo elektron hamkorlikni, shuningdek, ularni ishlab chiqish jarayonini monitoring qilishni amalga oshirish mumkin.

    Manba: Axborot xizmati