Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park rahbariyati Yuqori texnologiyalar parki va Belarus yetakchi IT kompaniyalar vakillari bilan uchrashdi
    02.06.2021

    Belarus Respublikasida bo'lib o'tayotgan “TIBO-2021” XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumi doirasida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park) direktori F. Ibragimov Belarus IT bozorida yetakchilik qilayotgan qator kompaniya vakillari bilan uchrashdi.

    Rejaga muvofiq, Yuqori texnologiyalar parki bosh direktorining o'rinbosari Kirill Zalesskiy bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

    Uchrashuv  davomida tomonlar o'zaro manfaatli hamkorlik va Belarusning ushbu yo'nalishdagi ilg'or tajribasini o'rganish masalalarini muhokama  qildilar. IT-mutaxassislar malakasini oshirish bo'yicha  onlayn-ta'lim kurslarini tashkil etish, AT-autsorsingni rivojlantirish va AT xizmatlari va dasturiy mahsulotlarini eksport qiluvchi kompaniyalarni qo'llab-quvvatlash istiqbolli yo'nalishlar qatoriga kiradi. Shuningdek, xorijiy vakillar tomonidan bolalar uchun  ATning asosiy ko'nikmalarini o'rgatishga yo'naltirilgan ixtisoslashtirilgan bolalar bog'chalarini yaratish  tajribasi yuzasidan fikr almashinildi.

    “Exadel” kompaniyasi rahbari Vladimir Chernitskiy bilan uchrashuv ham samarali bo'ldi. Uchrashuv davomida IT-park ishtirokida O'zbekiston Respublikasining oliy o'quv yurtlarida tashkil etilgan inkubatsiya markazlari asosida IT-mutaxassislarni tayyorlash, axborot texnologiyalari sohasida o'qituvchilarga qo'shma ta'lim dasturlarini yaratish bo'yicha masalalar muhokama qilindi.

    Shuningdek, “Байскилз” MChJ rahbariyati bilan uchrashuv doirasida IT-mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha ixtisoslashtirilgan kurslarni yaratish, shuningdek, kompaniyani IT Park rezidenti sifatida jalb qilish masalalari ko'rib chiqildi.

     

    Manba: Axborot xizmati