Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qarshi shahrida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab ochildi
    02.02.2021

    Bugun 2-fevral kuni Qarshi shahridagi 42-son maktabi negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabning ochilish marosimi bo‘lib ot‘di.

    Maktabning ochilish marosimida  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari B. Olmatov, Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari R. Yuldoshev, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ma’sul xodimlari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.

    Maktabda zamonaviy informatika va robototexnika xonalari, raqamli kutubxona tashkil qilindi. Xonalar zamonaviy kompyuter texnikalari va interaktiv sensorli doskalar bilan jihozlandi.

    Ilm maskanidagi bu kabi imkoniyatlar ixtisoslashtirilgan maktabning samarali faoliyat yuritishida, o‘quvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturlash yo‘nalishida ham o‘z bilim va iqtidorlarini namoyish etishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi, shubhasiz.

    Tantanada “Bir million dasturchi” yirik loyihasi doirasida Top-100 talikka kirgan o‘qituvchilarni taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

     

    Manba: Axborot xizmati