Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • An’anaviy o‘quv kurslari bo‘lib o‘tmoqda
    20.01.2021

    Toshkent viloyatining Qibray tumanida «O‘zbektelekom» AK an’anaviy maxsus o‘quv kurslari boshlandi.

     Joriy yil 23-yanvar kunigacha o‘tadigan o‘quv kurslarining tinglovchilari — kompaniya va filiallari rahbarlari, shuningdek, bosh hisobchilaridir.

    O‘quv kurslarining birinchi kunida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov qatnashdi. 

    2021-yilgi o‘quv kurslari «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati, zamonaviy menejment, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash — taraqqiyot garovidir», «Buxgalteriya hisobi va soliq qonunchiligi» mavzularida bo‘lib o‘tadi.

    Kurslarda rahbar kadrlarning stressga bardoshliligini shakllantirish treninglarida interaktiv usullar orqali stressli vaziyatlarni tahlil qilish masalalari, ulardan chiqish yo‘llarini qo‘llash, kasbiy stresslarni bartaraf etish malakasi rivojlantiriladi.

     O‘z imkoniyatlari va resurslaridan foydalanish, ish vaqtini samarali rejalashtirish va tashkillashtirish hamda mehnat va xordiq o‘rtasida muvozanatni topish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida self-menejment bo‘yicha turli xil rolli o‘yinlar, keyslar va interfaol usullar shaklida trening mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

    Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan kompaniyaning moliyaviy holati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, tarmoqda amalga oshirilayotgan loyihalar, kompaniya filiallarining telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.  

    Tinglovchilar kurs davomida Toshkent shahridagi IT-park hamda Toshkent shahridagi INHA universitetining IT-inkubatsiya markazida bo‘lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishadilar. 2021-yilning 23-yanvar kuni tinglovchilarga sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

     

    Manba: Axborot xizmati