Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • UZTELECOM mobil tarmog'ining abonentlari soni yeti millionga yetdi
    07.01.2021

    UZTELECOM mobil tarmog'i abonentlarning soni yetti millionga yetganligi to‘g’risida e’lon qildi.

    Shu munosabati bilan “O'zbektelekom” AK filiali "O‘zMobayl"ning markaziy ofisida faxriy abonentni tantanali tabriklash va esdalik sovg'alarini topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    Omadi kulib boqqan yetti millioninchi abonent Asliddin Rajapov bo‘ldi.

    Mazkur ahamiyatli ko‘rsatqichga erishganligi kompaniyaning sa'y-harakatlariga aholi tomonidan yuqori baho berganligi dalilidir. Bu yerda kompaniya mutaxassislarining ulkan mehnati va qo‘shgan hissasi turibdi.

    Ta’kidlash kerakki, 2020-yil “O'zbektelekom” AK uchun muhim voqealarga boy bo'ldi – kompaniyaning filiali “O‘zMobayl” GSM mobil aloqasi ishga tushirilishining 5 yilligini nishonlagandi.  

    Bundan tashqari, o‘tgan yilda “O'zbektelekom” AK milliy operatori o'z tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish va barcha baza stantsiyalarini butun Respublika bo'ylab 4G texnologiyasiga o'tkazish bo'yicha keng ko'lamli tadbirlarni amalga oshirdi. Yil davomida butun O'zbekiston bo'ylab 600 dan ortiq baza stantsiyalari ishga tushirildi.

     

    Manba: Axborot xizmati