Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosarlari tayinlandi
    11.06.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosarlari tayinlandi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyundagi qaroriga muvofiq, Pekos Oleg Andreyevich Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

    O.Pekos shu vaqtga qadar “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filiali direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

    Shu bilan birga, O.Pekos faoliyati davomida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida bir qator rahbar lavozimlarida mehnat qilgan. M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetida “Axborot tizimlari va texnologiyalari muhandisi” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.

    Pekos Oleg Andreyevich 1988 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.


    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyundagi qaroriga muvofiq, Maxsudov Jamol Tilloyevich Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining telekommunikatsiya infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

    J.Maxsudov shu vaqtga qadar “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktorining istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

    J. Maxsudov faoliyati davomida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida bir qator rahbar lavozimlarida mehnat qilgan. 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan. Toshkent elektrotexnika aloqa institutida “Elektr aloqa muhandisi” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.

    Maxsudov Jamol Tilloyevich 1972 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan.


    Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgan  Egamberdiyev Jamshid Sharifjonovich O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining investitsiyalar va moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga, Olmatov Baxromjon Adxamovich O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining axborot xavfsizligi va rejim masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga,Yuldashev Kaxramon Anvardjanovich O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining agrar sohasini raqamlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

     

    Manba: Axborot xizmati