eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • One Million Uzbek Coders loyihasi endi Ziyonet, Uzmobile va Uzonline xizmatlariga kiritilgan
    29.05.2020

    One Million Uzbek Coders loyihasi bo‘yicha ta‘lim olayotgan yoki xohlayotgan uchun xushxabar: mazkur Internet-loyiha endi Ziyonet ta‘lim portali, Uzmobile mobil operatori va Uzonline internet-provayder xizmatlariga kiritilgan.

    «Uztelecom» AK va uning filiali —Uzmobile kompaniyasi o‘z abonentlari uchun imtiozli xizmatini taqdim etmoqda. Ziyonet xizmatini yoqish uchun 420 so‘m, xizmat abonent to‘lovi kuniga 210 so‘m, ZiyoNET manbalariga 1 MB trafik uchun narx esa atiga 8 so‘mni tashkil etadi. Yana bir imtiyoz — joiry yil 31-mayga qadar mazkur xizmat bepul taqdim etiladi!

    One Million Uzbek Coders (“Bir million o‘zbek dasturchi”) — Respublikamizda keng aholi qatlamini masofaviy  maxsus onlayn-portal orqali  IT-yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlashga yo‘naltirilgan yirik loyiha.

    Mazkur loyiha  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan BAA «Dubai Future Foundation» jamg‘armasi, IT-Park qoshidagi IT-akademiya, Toshkent shahridagi Inxa universiteti va Muhammad al-Xorazmiy IT-maktabi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

    Loyiha bo‘yicha dasturlashni masofaviy ta’lim orqali o‘rgatishga mo‘ljallangan www.uzbekcoders.uz portali hamda «Udacity.com» xalqaro ta’lim platformasi o‘zbek tilida ishga tushurildi.

    Birinchi bosqichda loyiha global mehnat bozorida eng dolzarb bo‘lgan to‘rtta yo‘nalishlarni qamrab oldi: ma’lumotlarni tahlil qilish (Data-analytics), Android platformasida ishlanmalar yaratish, FrontEnd (frontend) va fullstak (FullStack). Umumiy kurs 120 soatga mo‘ljallangan.

    Batafsil mazkur loyiha to‘g‘risida siz qiyidagi havola orqali bilishingiz mumkin: http://uzbekcoders.uz/

     

    ZiyoNET jamoat axborot ta‘lim tarmogʻining asosiy maqsadi taʼlim oluvchilar uchun taʼlim olish tizimida keng koʻlamli axborot-kommunikatsiya xizmatlarini joriy etishdan iborat. ZiyoNET tarmogʻi yoshlar, murabbiylar, shuningdek barcha portal foydalanuvchilari uchun kerakli axborotlarni jamlash bilan bir qatorda, ularga axborot texnologiyalari sohasidagi kerakli maʼlumotlarni berish, oʻzaro muloqot qilish va tajriba almashinishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratib berish vazifasini ham oʻz zimmasiga oladi.

    Ziyonet.uz portali haqida batafsil: http://ziyonet.uz/ru

     

    Manba: Axborot xizmati