O‘zini o‘zi band qilganlar yakka tartibdagi tadbirkorlar singari buxgalteriya hisobini yuritish, hisobot yuborish yoki soliq deklaratsiyasini topshirishlari shart emas. Daromad va xarajatlarni ixtiyoriy ravishda Soliq ilovasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishlari mumkin.
Frilanser o’zini-ozi band qilgan shaxs maqomini olish uchun ariza berishi mumkin va har yili BHM (bazaviy hisoblash miqdori)ning 1 barobari miqdorida frilanserning o’zi ijtimoiy soliq to’lab boradi.
Agar siz yangi boshlovchi bo'lsangiz, mijoz bazasi va portfolioni rivojlantirish, ijobiy fikr-mulohazalarni to'plash muhimdir. Avvaliga tajribangiz yo'qligi sababli rad etilishingiz mumkin, ammo taslim bo'lmang.
Internetda kontekstli reklamani ishga tushirishingiz mumkin. Ishingizning namunalari va ma’lumotlaringiz bilan kichik promo-sahifani yarating va mijozlar shu reklama orqali aynan sizning sahifangizga yoʻl oladi.
Buyurtmachini topishda frilanser oʻzining maqsadli auditoriyasini aniqlab olishi kerak. Bular maktab oʻquvchilarining ota-onalari, biznes egalari, uy bekalari va boshqalar boʻlishi mumkin. Ular ijrochilarni turli joylardan qidiradilar lekin umumiy platformalardan boʻlgan – upwork.com, fiverr.ru, kwork.ru va turli xil platformalar mavjud.