Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Frilanserlar buyurtmachini qanday qilib topishi mumkin?
    08.06.2022

    Buyurtmachini topishda frilanser oʻzining maqsadli auditoriyasini aniqlab olishi kerak. Bular maktab oʻquvchilarining ota-onalari, biznes egalari, uy bekalari va boshqalar boʻlishi mumkin. Ular ijrochilarni turli joylardan qidiradilar lekin umumiy platformalardan boʻlgan – upwork.com, fiverr.ru, kwork.ru va turli xil platformalar mavjud.

    Topshiriqni saytdan olish

    “frilanser topish” yoki aniq soha “buxgalter topish” soʻzi bilan maxsus saytlar (ba’zan “birja” deb nomlanadi) dagi soʻrov orqali buyurtmalarni topish va  tanlash mumkin. Buyurtmachi buyurtmasini tanlagan ijrochilarni oʻz hohishiga koʻra saralab oladi. Aynan sizni ijrochi sifatida buyurtmachi tanlashi uchun sizning reytingingiz baland va ijobiy izohlarga boy boʻlishi kerak. Bularga erishish va mijozlarning ishonchini qozonish uchun biroz vaqt talab qilinadi. Buning uchun siz o’z ijod va intilishingizdan to’xtamasligingiz kerak.