Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Sun’iy intellekt yo‘nalishida "Computer Vision AI Challenge" xakatoni o‘tkazilmoqda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot Dasturi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park), Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida sun’iy intellekt yo‘nalishida “Computer Vision AI Challenge” xakatoni o‘tkazilmoqda. Xakaton 24-26 iyun kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

25.06.2022

Toshkentda “Aqlli shahar” dasturi doirasida SHHTga a’zo davlatlar poytaxtlari va shaharlari o‘rtasida hamkorlik va tajriba almashish” mavzusida Xalqaro forum bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2021–2022-yillarda Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligini samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 23-oktabrdagi qaroriga asosan joriy yilning iyun oyida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 28–29-iyun kunlari Toshkent shahrida “Aqlli shahar” dasturi doirasida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar poytaxtlari va shaharlari o‘rtasida hamkorlik va tajriba almashish” mavzusidagi Xalqaro forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

24.06.2022

“Coursera” kompaniyasi bilan jahon bozorida talab yuqori bo‘lgan IT sohasidagi kasblarga o‘qitishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov AQSHga tashrifi davomida “Coursera” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

24.06.2022

AKT vaziri AQSHda Apple kompaniyasi mas’ullari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi doirasida Apple kompaniyasining davlat tashkilotlari bilan aloqalarga mas’ul rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

24.06.2022

Lotin yozuviga o‘tishda AKTning o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Bugun, 23-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi qarori ijrosiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

23.06.2022

O‘zbekistonda PDP universiteti ochildi

IT Park rezidenti PDP IT Academy tomonidan yangi PDP universiteti tashkil etildi.

23.06.2022