Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri AQSHda Apple kompaniyasi mas’ullari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
    24.06.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi doirasida Apple kompaniyasining davlat tashkilotlari bilan aloqalarga mas’ul rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

    Uchrashuvda kompaniya va AKT vazirligi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. 

    Shuningdek, O‘zbekistonda Apple kompaniyasi faoliyatini kengaytirish, jumladan, joriy etilayotgan 5G tarmoqlarida iPhonedan foydalanish imkoniyatini yo‘lga qo‘yish va Appstoreda mahalliy dasturchilarga imkoniyatlarni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

    Kompaniya vakillariga kelgusida mamlakatimizda ApplePay tizimini joriy etish, Swift dasturlash tilini ommalashtirish yo‘nalishlarida ham hamkorlik qilish taklif etildi.

    Manba: Axborot xizmati