Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Joriy etilgan my.gov.uz, ijro.gov.uz, pm.gov.uz, project.gov.uz, regulation.gov.uz kabi qator axborot tizimlari orqali aholi va tadbirkorlarni rozi qilish hamda idoralararo hamkorlikni oshirish bo‘yicha masalalar muhokama etildi

Bugun, 9-avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni joriy etishda bevosita ishtirok etayotgan vazirlik, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining shu masalada mas’ul bo‘lgan rahbarlari bilan video selektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

09.08.2022

Ozarbayjon Respublikasidan iborat delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ozarbayjon Respublikasidan iborat delegatsiya a’zolari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Dastlab, Ozarbayjonning Azln Telecom raqamli rivojlantirish va transport vazirligi mutaxassislari “Unicon.uz” DUK, so‘ngra “Unicon. Soft” MJCH jamoasi bilan yaqindan tanishdi.

08.08.2022

O‘zbekistonda “AntiHack Challenge” turniri o‘tkaziladi

11-avgust kuni kiberxavfsizlik bo‘yicha “AntiHack Challenge” turniri bo‘lib o‘tadi. Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Central Asia Distribution ko‘magida IT Park, Cisco va digital operator Beeline Uzbekistan tomonidan tashkil etiladi.

05.08.2022

Samarqand viloyati hokimi “Astrum” IT akademiyasiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 29-iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Astrum” IT akademiyasiga tashrifi doirasida viloyat hokimlariga bir oy muddatda “Astrum” IT akademiyasiga kelib, barcha sharoit va imkoniyatlarni ko‘zi bilan ko‘rib, o‘z hududida kamida 1 tadan shunday IT akademiya tashkil etish loyihasini boshlashga topshiriq bergandi. Shu belgilangan topshiriqlar asosida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov “Astrum” IT akademiyasi faoliyati bilan tanishdi.

04.08.2022

Pochta aloqasi faoliyatida boshqaruv axborot tizimlarini kengroq joriy etish orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov joriy yilning 3-avgust kuni pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi bilan tanishish maqsadida Toshkent shahridagi 100-son pochta aloqa bo‘limiga bordi.

03.08.2022

Buхoro viloyatining olis hududlari optik tarmoq orqali yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlanmoqda

“O‘zbektelekom” AK Buxoro filiali tomonidan aholini zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida viloyatning olis hududlarida ham yuqori tezlikdagi internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyati ortib bormoqda.

03.08.2022