eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekistonda “AntiHack Challenge” turniri o‘tkaziladi
    05.08.2022

    11-avgust kuni kiberxavfsizlik boyicha AntiHack Challenge turniri bolib otadi. Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Central Asia Distribution ko‘magida IT Park, Cisco va digital operator Beeline Uzbekistan tomonidan tashkil etiladi.

    Tadbir mamlakatimiz yoshlarining axborot xavfsizligiga qiziqishini oshirish, shuningdek, ushbu yo’nalish bo‘yicha ko‘nikma va salohiyatni shakllantirishga qaratilgan.

    Turnir dasturi bir kunga mo‘ljallangan bo‘lib, 4 ta laboratoriya ishlarini o‘z ichiga oladi.

    Ishtirok etish shartlari:

     • jamoa ikki kishidan iborat bo‘lishi kerak;

     • guruh a’zolaridan birining «ulanish nuqtasi» (“точка доступа») funksiyasi va efir diapazonini boshqarish imkoniyati mavjud Android mobil telefoniga ega bo'lishi tavsiya etiladi;

     • Ubuntu virtual mashinasi o‘rnatilgan noutbuk (18.10 versiyasidan boshlab ulab olish va inyeksiya qilish uchun mos Wi-Fi adapteri bilan);

     • tashqi adapterni ulash uchun USB portli noutbuk.

     Musobaqa yakunida ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar (texnika) bilan taqdirlanadilar. Hujjatlar 7-avgustgacha qabul qilinadi, joylar soni cheklangan.

    Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan o‘tish mumkin: https://clck.ru/sK8k5.

    Ishtirokchilar saralash bosqichidan o’tish uchun arizani to‘ldirishda test sinovidan o‘tkaziladi.

    Manba: Axborot xizmati