Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

AKT vaziri Sherzod Shermatov IT Park Samarqand filialiga tashrif buyurib, yoshlar bilan muloqot qildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov Samarqand viloyatiga tashrifi davomida IT Park Samarqand hududiy filialiga tashrif buyurdi. 

24.08.2022

Janubiy Koreyaning KOICA agentligi bilan amalga oshirilayotgan 3 ta yirik loyiha yuzasidan seminar o‘tkazildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida IT va startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha J.Koreyaning KOICA agentligi bilan amalga oshirilayotgan 3 ta yirik loyiha yuzasidan seminar o‘tkazildi.

24.08.2022

Beeline Uzbekistan olti oy ichida 1350dan ziyod baza stansiyalarini ishga tushirdi

Digital-operator butun O‘zbekiston bo‘ylab aloqa sifatini yaxshilagan holda tarmoqni kengaytirishda davom etmoqda. Birgina yozda Beeline Uzbekistan 430dan ziyod yangi baza stansiyalarini (BS) ishga tushirdi. Hammasi bo‘lib esa, yil boshidan buyon kompaniya tarmog‘i turli standartlardagi 1 350 dan ziyod BS bilan to‘ldirildi, bu esa Beeline mobil tarmog‘ining qamrovi va sig‘imini sezilarli darajada yaxshiladi. Afzallik mobil internetning yuqori tezligiga ega 4G texnologiyasiga beriladi.

23.08.2022

Prezidentning “2022–2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida, 2022 yil 22 avgust kuni Prezidenting “2022–2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori imzolandi.

23.08.2022

TATUning 2022/2023-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi, talabalarga qulay sharoit yaratish va ta’lim sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurib, u yerda qurilayotgan va ta’mirlanayotgan obyektdagi qurilishlarning holati va 2022/2023-o‘quv yiliga tayyorgarlik holatlari bilan tanishdi.

20.08.2022

Teleradioeshittirishlar sohasida radiochastotalarni taqsimlash va yakka tartibdagi lisenziyalar berish bo‘yicha tanlov e'lon qilinadi

Tanlov o‘tkaziladigan sana: 2022 yil 20 oktabr

Buyurtmanomalar qabul qilishni boshlash: 2022 yil 22 avgust, soat 9 00 dan

Buyurtmanomalar qabul qilishni tugatish: 2022 yil 20 sentabr, soat 16 00 gacha

Tanlovni o‘tkazuvchi: Axborot faoliyati va ma'lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi

19.08.2022