Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Teleradioeshittirishlar sohasida radiochastotalarni taqsimlash va yakka tartibdagi lisenziyalar berish bo‘yicha tanlov e'lon qilinadi
    19.08.2022

    Tanlov o‘tkaziladigan sana: 2022 yil 20 oktabr

    Buyurtmanomalar qabul qilishni boshlash: 2022 yil 22 avgust, soat 9 00 dan

    Buyurtmanomalar qabul qilishni tugatish: 2022 yil 20 sentabr, soat 16 00 gacha

    Tanlovni o‘tkazuvchi: Axborot faoliyati va ma'lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi

    Tanlov o‘tkazish joyi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislar zali

    Ma'lumot uchun telefon: Hukumat uyi, Komissiya ishchi guruhi 71 239 84 57, 71 239 81 89

    Buyurtmanomalarni qabul qilish: Buyurtmanoma va ilova qilinadigan hujjatlar elektron shaklda (*.pdf formatda, maks. 10 MB) mkk@gov.uz yoki mkk@exat.uz elektron pochta manziliga yuboriladi.

    Buyurtmanomaga Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 dekabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan “Radiochastotalarni tanlov yo‘li bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi lisenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning 10-bandida keltirilgan hujjatlar lozim darajada rasmiylashtirilib, ilova qilinadi.

     

    Lot

    Radiochastota

    Uzatkich quvvati 

    Tarqatish hududi

    Radioelektron vositalar o‘rnatilgan manzil

     

    RAQAMLI TELEESHITTIRISHLAR MUL'TIPLEKSIDA

    TELEDASTURLARNI TARQATISH

    11

    DVB-T2 47 ТVK 678-686 MHz

    5 kW

    Xorazm viloyati

    Urganch RTS

     

    21

    DVB-T2 45 ТVK 662-670 MHz

    5 kW

    Qo‘qon shahri, qisman Farg‘ona va Andijon viloyatlari

    Qo‘qon RTS

     

    31

    DVB-T2 32 ТVK 558-566 MHz

    2 kW

    Namangan shahri va viloyati, qisman Farg‘ona va Andijon viloyatlari

    Nurobod RTS

     

     

    - “RRTM” DUKga tegishli raqamli teleuzatkichlar mul'tipleksiga shartnoma asosida kiritiladi.

     

    Tanlov shartlari:

    Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan, ta'sis hujjatlarida ommaviy axborot vositalari sohasida faoliyat ko‘rsatish nazarda tutilgan teleradioeshittirish sohasida tanlov asosida radiochastotalarni taqsimlash va yakka tartibdagi lisenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq buyurtmanoma va lozim darajada rasmiylashtirilgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etgan yuridik shaxslarning ishtirok etishlariga ruxsat etiladi.

    Shu bilan birga lisenziya da'vogari ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlari talablariga javob berishi kerak.

    Tanlovda ishtirok etish uchun lisenziya da'vogari belgilangan tartibda buyurtmanoma taqdim etadi.

    Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

    tanlov takliflari ko‘rib chiqilishi uchun lisenziya da'vogari tomonidan amaldagi qonunchilikda belgilangan miqdoridagi yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;

    teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyasiya qilish) tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga lisenziya berish uchun to‘lanadigan davlat bojining yillik summasiga teng zakolat to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;

    teleradiodasturlarni tarqatish bo‘yicha xizmatlar taqdim etish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xodimlarning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar (diplomlar, guvohnomalar, sertifikatlar);

    ijodiy, texnik va moliyaviy takliflarni, shuningdek teleradiodasturlarni eshittirish rejalashtirilayotgan setkasini, o‘z dasturlarini eshittirish hajmlari va tanlov majburiyatlarini o‘z ichiga oladigan eshittirishlarning mufassal konsepsiyasi;

    tegishli organlarning teleradioeshittirish ob'ektlarining qo‘riqlash talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;

    teleradioeshittirishlarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, agar ushbu huquq boshqa shaxsga tegishli bo‘lsa (ijara shartnomasi va boshqalar).

    Lisenziya olishda moliyaviy taklif yopiq va muhrlangan holdagi alohida konvertda taqdim etiladi. 

    Lisenziya talablari va shartlari:

    Lisenziyat tomonidan faoliyat ko‘rsatishda quyidagi lisenziya talab va shartlari bajarilishi majburiydir:

    faoliyat sohasi bo'yicha qonun hujjatlariga, davlat, soha standartlariga va normativ hujjatlarga rioya qilinishi;

    janr va mazmun jihatidan xilma-xil bo'lgan dasturlarni shakllantirish va ularning jamiyat ma'naviy extiyojlariga mosligini ta'minlash;

    teleradiodasturlarni davlat tili to‘g‘risida qonun hujjatlarini inobatga olgan holda tarqatish;

    qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan shartnoma (bitimlar) mavjud bo‘lgan sharoitda xorijiy kanallar teleradio ko‘rsatuvlarni qonun hujjatlariga muvofiq;

     xizmatlar iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish;

    qonun hujjatlari talablariga muvofiq sertifikatlangan teleradio-ko‘rsatuvlarni tarqatishning texnik vositalaridan foydalanish;

    telekommunikasiya texnik vositalaridan foydalanish qoida va normalari hamda teleradioeshittirish ob'ektlarining sanitariya, yong‘in xavfsizligi, qo‘riqlash va xavfsizlik rejimini ta'minlash talablarini, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa lisenziya talab va shartlarining bajarilishi.

     

    Pul o‘tkazish uchun to‘lov rekvizitlari va bank hisob raqamlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining 71  238 41 56 telefon raqamiga murojaat qilib, batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

     

    To‘lovlarni amalga oshirish uchun bank rekvizitlari

    Hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun :

    Mablag‘ oluvchi: O‘R AT va KRV

    ShXV 400 110 860 262 777 046 101 078 001

    STIR 201 221 770 OKONX 97 300

    Moliya vazirligi G‘aznachiligi Amaliyot boshqarmasi

    x/r: 23402 000 300 100 001 010

    Bank nomi: XKM MB O‘zR Toshkent shahri

    Bank kodi 00 014 STIR 201 122 919

    Zakolat uchun:

    Mablag‘ oluvchi: O‘R AT va KRV

    ShXV 401 410 860 262 777 046 101 078 001

    STIR 201 221 770 OKONX 97 300

    Moliya vazirligi G‘aznachiligi Amaliyot boshqarmasi

    x/r: 23402 000 300 100 001 010

    Bank nomi: XKM MB O‘zR Toshkent shahri

    Bank kodi 00 014 STIR 201 122 919 

    (Tashkilot blanki)

    №____

       2022 yil «___» __________

     

     

     

     

     

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot faoliyati va ma'lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasiga

     

    Teleradioeshittirish sohasida radiochastotalardan foydalanishga tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanoma

    Umumiy ma'lumotlar:

    1. Yuridik shaxsning to‘liq nomi:

    2. Yuridik manzili:

    3. Telefon, faks raqamlari:

    4. Ommaviy axborot vositalarining nomi:

    5. Eshittirishlar mavzular bo‘yicha yo‘nalishi va nomi:

    6. Eshittirishning rejalashtirilayotgan hajmlari:

                Umumiy

                O‘zi tayyorlagan, shu jumladan sotib olinadigan eshittirishlar

    7. Eshittirishlar hajmlari:

                davlat tilida

                rus tilida

                boshqa tillarda

    8. Reklamaning mo‘ljallanayotgan hajmlari va davriyligi

    Texnik ma'lumotlar:

    9. Tanlov to‘g‘risidagi e'longa muvofiq foydalanish rejalashtirilayotgan chastota nominali:

    10. Turg‘un studiya uskunasining mavjudligi:

    11. Uzatuvchi stansiyaning quvvati, Vt:

    12. Studiyaning joylashgan joyi, radiouzatuvchi uskunaga dasturlarni uzatish usuli:

    13. Uzatuvchi stansiyani o‘rnatish punkti:

    14. Antennaning taxminiy balandligi ko‘rsatilgan holdagi o‘rnatish joyi, m:

    15. Rejalashtirilayotgan xizmat ko‘rsatish hududi va dastur bilan qamrab olinayotgan aholi soni:

    16. Teleradioeshittirishlar sohasida radiochastotalardan foydalanish huquqi olingan vaqtdan boshlab xizmatlar ko‘rsatishning kafolatlangan muddati:

    Ilova qilinayotgan hujjatlar:

    1. _________________________________________________________

    2. _________________________________________________________

    3. _________________________________________________________

    Birinchi rahbar imzosi __________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi)

    М.O‘.   2022 yil «___»________________

     

    Ariza ko‘rib chiqish uchun 2022 yil «___»____________ da qabul qilindi.

    _______________________________________

       (Mas'ul shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi)

    Manba: Axborot xizmati