Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

AKT vaziri Urganchda IT Park faoliyati bilan tanishdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Xorazm viloyatiga tashrifi davomida IT Park filialiga bordi.

AKT vaziri tashrif davomida IT Parkda yoshlar va IT sohasi mutaxassislari uchun yaratilagan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Filialda faoliyat yuritayotgan IT mutaxassislari bilan uchrashib, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

29.08.2022

“Veon” rahbariyati Toshkent - Samarqand yo‘nalishidagi tez yurar poyezdda sayohatchilar endi Beeline orqali yuqori tezlikdagi internetdan bemalol foydalanishlari mumkinligi bo'yicha axborot berdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “Veon” kompaniyalar (Beeline Uzbekistan) guruhi bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu bilan uchrashdi.

29.08.2022

IT-parkda yangi imoratlar foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkida qurilgan yangi binolarni borib ko‘rdi.

Davlatimiz rahbari mazkur majmua qurilishiga 2019-yil 20-noyabrda tamal toshi qo‘ygan, o‘tgan yili dekabrda bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirgan edi. Bugungi kunda 20, 22, 25 qavatli binolar va konferensiya zali qurib bitkazildi.

27.08.2022

“Elektron hukumat” tizimi ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash yagona markazi ochildi

Mamlakatimiz mustaqilligi bayrami yaxshi yangiliklar bilan, ko‘tarinki kayfiyatda kutib olinmoqda. Joylarda yangi inshootlar, markazlar ishga tushirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni Toshkent viloyati va poytaxtimizdagi shunday majmualar bilan tanishdi.

Ulardan biri - Zangiota tumanida qurilgan “Elektron hukumat” tizimi ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash yagona markazi.

27.08.2022

Toshkent viloyatida “IT va yoshlar uchrashuvi” o'tkazildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi va IT-Park Toshkent viloyati filiali mas’ullari tomonidan Toshkent viloyatining Bo'stonliq va Parkent tumani yoshlari bilan o‘quv seminari o‘tkazildi.

26.08.2022

Namangan viloyati hokimi “Astrum” IT akademiyasi faoliyati bilan tanishdi

Joriy yilning 29 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev shu dargohda bo‘lib, IT sohasi vakillari bilan muloqot qilgandi.

Davlat rahbari Namangan viloyatining axborot texnologiyalari sohasida salohiyati va natijalarini e’tirof etib, viloyat hokimiga bir oy muddatda ushbu akademiyaga kelib, sharoit va imkoniyatlarni ko‘zdan kechirib, Namanganda shunday akademiya tashkil etish topshirig‘ini bergandi.

25.08.2022