Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Namangan viloyati hokimi “Astrum” IT akademiyasi faoliyati bilan tanishdi
    25.08.2022

    Joriy yilning 29 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev shu dargohda bo‘lib, IT sohasi vakillari bilan muloqot qilgandi.

    Davlat rahbari Namangan viloyatining axborot texnologiyalari sohasida salohiyati va natijalarini e’tirof etib, viloyat hokimiga bir oy muddatda ushbu akademiyaga kelib, sharoit va imkoniyatlarni ko‘zdan kechirib, Namanganda shunday akademiya tashkil etish topshirig‘ini bergandi.

    Viloyat rahbari boshchiligidagi tegishli mutasaddilar, soha mas’ullari, IT-park rezidentlaridan iborat delegatsiya akademiya faoliyati bilan tanishdi. 

    3,5 gektar maydonni egallagan, ayni paytda 1300 o‘quvchi tahsil olayotgan akademiya imkoniyatlari o‘rganildi. 

    Shu bilan birga, Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov va «Astrum» IT akademiyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

    Manba: Axborot xizmati