Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Yangilanish: My.gov.uz yangi rejimda ish boshladi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali - my.gov.uz to‘liq rejimda faoliyat ko‘rsata boshladi. Shu kungacha resurs my2.gov.uz manzilida sinov rejimida ishlab kelayotgan edi. 

23.07.2018

IT maktab 5-sinfga qabul imtihonlarini 2018 yilning 23 iyul kuni o‘tkazadi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabi 5-sinfga qabul imtihonlarini 2018 yilning 23 iyul kuni o‘tkazilishini e’lon qiladi.

22.07.2018

Uydan turib STIR (INN) oling yoki uni o‘zgartiring!

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my2.gov.uz) da "Jismoniy shaxslar uchun STIR olish yoki STIR ma’lumotlarini o‘zgartirish" xizmati ishga tushirildi. 

18.07.2018

Ochiq Wi-Fi tarmog‘i: Foydalanuvchi shaxsining tasdiqlanishi majburiy bo'ldi

2018 yilning 10 iyulida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining "Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari, jumladan yangi tahrirdagi Internet xizmatlarini ko‘rsatish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi"gi buyrug‘i Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olindi. 

18.07.2018

Operator, Internet-provayderlarning muammolari, savollari tinglandi!

Vazirlik qoshidagi Jamoatchilik kengashi yurtimizdagi aloqa operatorlari hamda internet provayderlari bilan ularni qiynayotgan muammolar va yechimini kutayotgan masalalar, ochiq savollar yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.

17.07.2018

Toshkentda analog televideniye to‘xtatildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 iyuldagi “Raqamli teleeshittirishlarga o‘tish va yer usti analog teleeshittirishlarni to‘xtatishga doir amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan kechadan boshlab Toshkent shahrida analog formatdagi teledasturlar efiri to‘xtatildi.

16.07.2018

So‘rov: Fond bozori va birja faoliyatini takomillashtirish

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatning iqtisodiy salohiyatini ko‘tarish, xususan zamonaviy axborot texnologiyalari hamda blokcheyn texnologiyasini joriy qilish orqali fond bozori va birja faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

13.07.2018

NCG Engineering kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Kecha, 11 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining NCG Engineering kompaniyasi rahbari, Eurabit MChJ QK ta’sischisi Jang Il Kvon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

12.07.2018

Yagona portal orqali beriladigan litsenziyalar soni bittaga ko‘paydi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani berish xizmati ishga tushirildi.

11.07.2018

O‘zbekistonlik mutaxassislar elektron kutubxona yaratishda Koreya tajribasini o‘rganishmoqda

"Milliy umumta’lim elektron kutubxona" loyihasini amalga oshirish doirasida LG СNS kompaniyasi Koreya Respublikasida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun seminar-trening tashkil qildi. Unda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxona, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan vakillar ishtirok etmoqdalar. 

10.07.2018