Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT maktab 5-sinfga qabul imtihonlarini 2018 yilning 23 iyul kuni o‘tkazadi
    22.07.2018

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabi 5-sinfga qabul imtihonlarini 2018 yilning 23 iyul kuni o‘tkazilishini e’lon qiladi.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2018 yilning 23 iyul kunli 2018-2019 o‘quv yiliga 5-sinfga o‘quvchilarni qabul etish uchun imtihon o‘tkazadi.

    Kirish imtihonlari Beruniy ko‘chasi 41-uyda joylashgan “O‘zko‘rgazmasavdo” AJ ko‘rgazma savdo markazida bo‘lib o‘tadi.
    Kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra, ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga 60 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.
    2018 yilning 22 iyul kuni “O‘zko‘rgazmasavdo” AJ ko‘rgazma savdo markazida xujjat topshirgan o‘quchilar va ota-onalar bilan imtihondan avval yig‘ilish o‘tkaziladi:
    -yig‘ilishga ro‘yxatga olish soat 08:30 dan 09:30 gacha 
    -o‘quvchilar imtihon shartlari bilan tanishadilar.

    Imtihonni o‘tkazish jarayoni:
    - kirish imtihonni 2018 yil 23 iyul kuni “O‘zko‘rgazmasavdo” AJ ko‘rgazma savdo markazida bo‘ladi. 
    - imtihonga ro‘yxatga olish soat 8:30 dan-9:30 gacha 
    - imtihon boshlanish vaqti soat 10:00 da va tugashi 12: 00 da
    - imtihon 120 daqiqa (matematika 1 soat, ingliz tili 45 daqiqa) davom etadi.
    - har bir fan oralig‘ida 10-15 daqiqa tanaffus

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab qabul imtihonlari qoidalari:
    - imtihon davlat tilida o‘tkaziladi. 
    - imtihon ishtirokchilarining yozma ishlari qabul komissiyasi tomonidan belgilangan baholash mezoniga ko‘ra tekshiriladi. 
    Imtihon ishtirokchilarga qo‘yiladigan cheklovlar va jazolar:
    - ishtirokchilar aloqa va hisoblash moslamasi, ma’lumotnoma 
    materiallar, yozma qaydlar va ma’lumotni uzatish yoki saqlash 
    uskunalarini imtihon xonasiga olib kirishlari taqiqlanadi;
    - imtihon xonasidan imtihon materiallarini qog‘oz yoki elektron 
    shaklda olib chiqishlari hamda suratga olishlari taqiqlanadi.
    - yuqorida ko‘rsatilgan uskunalarni va materiallarni imtihon 
    ishtirokchilariga yetkazib berish taqiqlanadi.
    Imtihon ishtirokchisi tomonidan yuqoridagi qoidalar buzilsa, imtihon oluvchi uni dalolatnoma tuzgan holda imtihondan chetlatish huquqiga ega.
     

    Apellyatsiyaga ariza topshirish:
    - o‘quvchilar yoki ularning ota-onalari (ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar) imtihon natijalaridan norozi bo‘lsalar, apellyatsiyaga 2 ish kuni muddatida yozma ariza topshirish huquqiga egadirlar.
    Imtihon natijalarini e’lon qilish tartibi:
    - imtihon ishtirokchilari to‘plagan ballari asosida ro‘yxatga 
    kiritiladi. 
    - ro‘yxat yuqori balldan pastga qarab tuziladi va bu o‘quvchilarning 
    reytingi hisoblanadi.
    - reyting asosida yuqori ball to‘plagan 60 nafar o‘quvchi aniqlanadi. 
    - yakuniy natijalar hakamlar hay’ati bayonnomasi bilan tasdiqlanadi.
    - bayonnomani hakamlar hay’ati raisi va a’zolari imzolaydilar.

    Izoh: 
    - barcha imtihon topshiruvchilar imtihon kuni shaxsini tasdiqlovchi 
    xujjati (tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma asl nusxasi) va qabul 
    komissiyasi tomonidan berilgan ruxsatnoma bilan kelishlari talab 
    etiladi. 
    - tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma yoki qabul komissiyasi tomonidan 
    berilgan ruxsatnomasiz kelgan ishtirokchi imtihonga qo‘yilmaydi. 
    - o‘zlari bilan bittadan ruchka, qora qalam va o‘chirg‘ich olib kelishlari 
    shart.
    - Imtihon soat 10:00 da boshlanadi. 10:15 dan kechikib kelgan o‘quvchi imtihonga qo‘yilmaydi.

    Manba: Axborot xizmati