Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti “Akademik innovatsiyalar” fondidan grant yutib oldi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Akademik innovatsiyalar Fondi tomonidan eʼlon qilingan grant tanlovida “TATUda AQSH universitetlari magistraturasi oʻqitish texnologiyalari transferi” loyihasi bilan ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

15.03.2019

USENET 2019 oltinchi xalqaro digital-konferensiyasi 16-may kuni bo‘lib o‘tadi

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ko‘magida o‘tkaziladi. Konferensiya O‘zbekistonning yetakchi media-agentligi – Ledokol Group kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda. USENET 2019 konferensiyasining Bosh homiysi – Beeline Uzbekistan kompaniyasi. 

15.03.2019

Yandex.Metro ilovasi Toshkent shahrida ishga tushirildi

Toshkent shahrida Yandex.Metroning mobil ilovasi ishga tushirildi. Uning yordamida shahar aholisi va unga tashrif buyurgan sayyohlar metroda kerakli marshrutni ko‘rishlari, qayerda boshqa yo‘lga o‘tishni va safar qancha vaqtni olishini bilib olishlari mumkin.

15.03.2019

Toshkent shahridagi Inha universiteti matbuot-anjumani oʻtkazadi

2019-yil 16-mart soat 12.00 da Toshkent shahridagi Inha universiteti OAV vakillarini “2019-2020 oʻquv yiliga qabul qilishning yangi shartlari” mavzuidagi matbuot-anjumaniga taklif etadi.

14.03.2019

Navoiy shahrida viloyat faollari yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda​

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan faollar yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.​

13.03.2019

AKT sohasida Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligi mustahkamlanmoqda

2-martdan 6-martga qadar Moskva shahrida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O. Umarov boshchiligidagi AKT vazirligi delegatsiyasi Rossiyaning tegishli idora, tashkilot va kompaniyalari bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazdi.

12.03.2019

Shavkat Mirziyoyev: mahsulot tannarxini kamaytirish orqali jahon bozoriga chiqish kerak

Prezident Nurota tumanidagi “Marmarobod” korxonasida togʻ jinslaridan mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

12.03.2019

AKT vaziri Navoiyda yosh mutaxassislar bilan muloqot qildi

Xabar qilganimizdek, AKT vaziri Sh. Sadikov rahbarligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida boʻlib, soha korxona va tashkilotlari faoliyatini oʻrganmoqda. Ishchi guruh Beshrabot tumanlararo pochta aloqasi va Navbahor telekommunikatsiyalar bogʻlamalarida, shuningdek, Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasidagi “TELECOM INNOVATIONS” hamda “TELECOM DEVICES PRO” qoʻshma korxonalarida boʻldi.

12.03.2019

Prezident Navoiy viloyatiga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, avvalgi vazifalar ijrosi bilan tanishish, yangi istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida 12-mart kuni Navoiy viloyatiga joʻnab ketdi.

12.03.2019

Toshkent shahridagi Inha universitetida SAP Next-Gen Lab innovatsion laboratoriyasi ochildi

2019 yil 11 martda Toshkent shahridagi Inha universitetida SAP Next-Gen Lab innovatsion laboratoriyasi ochildi. Unda ushbu oliy taʼlim muassasasi talaba va oʻqituvchilari respublikamizdagi xususiy va davlat kompaniyalari uchun blokcheyn, narsalar interneti, toʻldirilgan reallik, mashina orqali oʻquv va kompyuter koʻrish doirasi texnologiyalarini qoʻllagan holda, IT-yechimlar ishlanmalari va ularni sinovdan oʻtkazish ishlari bilan mashgʻul boʻladilar.

11.03.2019