Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Buxoro shahrida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi

Bugun, 20-yanvar kuni kuni Buxoro shahridagi 7-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga informatika va axborot texnologiyalari fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab maqomi berildi. Ushbu ta’lim muassasasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov hamda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovlar ishtirok etdilar.

20.01.2021

Buxoro shahrida “O‘zbekiston pochtasi” AJ Buxoro filiali Buhoro shahar markaziy aloqa bo‘limining zamonaviy binosi ishga tushdi

Bugun, 20-yanvar kuni Buxoro shahrida “O‘zbekiston pochtasi” AJ Buxoro filialining Buhoro shahar markaziy aloqa bo‘limi zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi.

20.01.2021

Bosh maqsad – yanada ko‘proq foydali va hammabop xizmatlarni joriy etish orqali aholiga qulaylik yaratish

2021 yil 20-yanvar kuni “Pravda Vostoka” gazetasining 13-sonida “Электронное правительство: больше услуг – полезных и доступных” nomli maqola chop etildi. Mazkur maqolada Elektron hukumatni rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan choralar, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali faoliyatining 2020-yil natijalari bo‘yicha va 2021-yilga mo‘ljallangan vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritilgan.

20.01.2021

An’anaviy o‘quv kurslari bo‘lib o‘tmoqda

Toshkent viloyatining Qibray tumanida «O‘zbektelekom» AK an’anaviy maxsus o‘quv kurslari boshlandi.

20.01.2021

Raqamli islohotlarning texnologik poydevoridir

2020-yil axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi uchun, shubhasiz, sermahsul bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘tgan yilda telekommunikatsiya infratuzilmani rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar va qator yirik loyihalar amalga oshirildi.

19.01.2021

Murojaatnoma 2021: АKT sohasi oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar

2021-yil 18-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, unda jamiyat hayotining har bir soha va yo‘nalish, xususan axborot-kommunikatsiya sohasi oldiga belgilab berilgan vazifalarga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

18.01.2021

Pochta xizmatlari sifati oshmoqda

2020-yilda mamlakatimizda barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, pochta tizimida ham zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, pochta xizmatini daromad keltiradigan sohaga aylantirish, xususiy operatorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish orqali pochta bo‘limlari daromadini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

15.01.2021

Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida Rasmiy Bayonot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida, respublika tuman (shahar)larida mavjud umumta’lim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etilad

15.01.2021

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan AKT vazirligining bayram tabrigi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi o‘z hayotini Vatanni himoya qilishdek eng ulug‘ va olijanob ishga bag‘ishlagan barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi va 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy tabriklaydi.

14.01.2021

Samarqand viloyati suv xoʼjaligi xodimlari АKT sohasi boʼyicha o‘z malakalarini oshirmoqda

Joriy yil 13-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida viloyatdagi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi korxonalar hodimlari uchun “Sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamlashtirish texnologiyalarini qo‘llash” bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslari boshlandi.

13.01.2021