Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro shahrida “O‘zbekiston pochtasi” AJ Buxoro filiali Buhoro shahar markaziy aloqa bo‘limining zamonaviy binosi ishga tushdi
    20.01.2021

    Bugun, 20-yanvar kuni Buxoro shahrida “O‘zbekiston pochtasi ” AJ Buxoro filialining Buhoro shahar markaziy aloqa bo‘limi zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi.

    Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov ishtirok etdi.

    Ta’mirlangan va yangi ko‘rinishga ega zamonaviy pochta binosida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Jumladan, jo‘natmalarni qisqa muddat ichida oluvchilarga yetkazib berilishini yo‘lga qo‘yish maqsadida Buxoro filiali elektroskuterlar bilan ta’minlandi.

    Aytib o‘tish joizki, hozirda Buxoro viloyatida pochta sohasini takomillashitirish bo‘yicha keskin choralar ko‘rinmoqda. Masalan, hozirgi kunda tuman pochta aloqa bo‘linmalarida “gibrid pochta” xizmati joriy qilindi.

    Bundan tashqari, pochta aloqasi obyektlarida 15 turdagi interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Buxoro viloyatining barcha pochta mutahassislari aholiga interaktiv davlat xizmatlari sifatli taqdim etishlari uchun o‘z malakalarini oshirishdi.

    Bank xizmatlari ham pochta sohasiga kirib kelmoqda. Xususan, 2 ta pochta aloqasi obyektida sinov tariqasida AT “Aloqabank” bilan tuzilgan shartnomaga asosan kartalarni mablag‘ bilan to‘ldirish, naqd pul yechish kabi xizmatlar tashkil qilindi.

    Mahalliy biznesni qullab-quvvatlash maqsadida “Oʼzbekiston pochtasi” АJning milliy onlayn savdo maydonchasi orqali ishlab chiqargan mahsulotlarini respublika boʼyicha savdoga chiqarish uchun 11 ta tadbirkor bilan shartnomalar imzolandi.

    Shuningdek, aholi pochta aloqasi obyektlarida aholiga kompyuter xizmatlarini ko‘rsatilishi ham yo‘lga qo‘yilgan, ya’ni nusxa ko‘chirish, chop etish, skanerlash va boshqalar.

    Manba: Axborot xizmati