Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • "UZIMEI yagona ma'lumotlar bazasida mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro'yxatdan o'tkazish tizimini joriy etish" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
    20.09.2019

    2019-yil 20-sentyabr kuni O'zbekiston aloqa tarixi muzeyida "UZIMEI yagona ma'lumotlar bazasida mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro'yxatdan o'tkazish tizimini joriy etish" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

     Matbuot anjumani O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va "O'zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi" davlat unitar korxonasi ("O'TTBRM" DUK) tomonidan tashkil etildi.

     

    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida" 847-sonli qaroriga va  O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi hududida  foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kelinadigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 2019 yil 17-sentyabrdagi  778-sonli qarorlarni bajarish bo'yicha olib borilayotgan ishlarga bag'ishlandi.

    Matbuot anjumanida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo'mitasi, " O'zbekiston Pochtasi" aksiyadorlik jamiyati,  "O'zeltexsanoat" uyushmasi, " O'zbektelekom"  AK,  mobil aloqa operatorlari kompaniyalari, mahalliy mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilari va importchilari, "O'TTBRM" DUK mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

    Tadbirni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o'rinbosari Qahramon Yuldashev ochib berdi. O'z nutqida matbuot anjumani ishtirokchilarini "UZIMEI" loyihasini O'zbekistonda joriy etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida tanishtirdi.

    Matbuot anjumanida mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro'yxatdan o'tkazish tartibi va usullari haqida taqdimotlar  namoyish etildi. 

    Manba: Axborot xizmati