Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Navoiyda: tizimli o‘rganish davom etmoqda
    11.03.2019

    Axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov hududlarda AKTni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli ravishda o‘rganishni davom ettirmoqda.

    11-mart kuni AKT vaziri tеlеkommunikatsiya infratuzilmalari, pochta sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida bo‘ldi. Uchrashuvlar davomida soha korxonalari daromadini oshirish, yangi xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, tarmoqda faoliyat yuritayotgan xodimlarning turmush darajasini yaxshilash, ularga munosib shart-sharoitlar yaratib bеrish masalalari tahlil qilindi.

    Shuxrat Sadikov qishloq hududlarida aholiga zamonaviy tеlеkommunikatsiya va pochta xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish lozimligini ta’kidladi. Chunki hududlarda intеrnеt va boshqa AT-xizmatlarga talab kundan-kunga oshib bormoqda.

    AKT vaziri bunga qadar Farg‘ona, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Namangan viloyatlarida bo‘lib, axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarini joriy etish holatini o‘rgangandi.

     

    Manba: Axborot xizmati