Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahri Inha universiteti bilan hamkorlikda uyushtirilgan ta’lim kurslari
    04.03.2019

    Toshkent shahridagi Inha universiteti va «O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Axborot-hisoblash markazi» Davlat unitar korxonasi o’rtasida hamkorlik memorandumi doirasida joriy yilning 25-fevralidan boshlab Oracle Business Intelligence dasturiy ta’minot platformasining funktsional imkoniyatlaridan foydalanish bo’yicha malakali o’quv kurslari tashkil etildi.

    Ta’lim kurslari Moliya vazirligi tizimida biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish sohasida muayyan muammolarni hal etish uchun zarur bo’lgan axborot texnologiyalari sohasida nazariy bilimlarni kengaytirishga qaratilgan. O’quv jarayonida Moliya vazirligining axborot resurslarida saqlangan real ma’lumotlar moliyaviy ko’rsatkichlar bo’yicha hisobot va tahlillarni tuzishda qo’llaniladi.

    Ta’lim kurslarni Moliya vazirligi O’quv markazi yordamida Toshkent shahridagi Inha universiteti professor-o’qituvchilari olib bormoqda.

    Kurslar dasturining maqsadi — Moliya vazirligi axborot hisoblash markazida malakali kadrlarini tashkil etishdan iborat bo’lib, u rejalashtirish, prognozlash va byudjetlashtirish vazifalarini hal qilishda yordam beradi.

    Manba: Axborot xizmati