Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Trend Micro kompaniyasi talabalar uchun maʼruza oʻtkazdi
    23.02.2019

    Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalar uchun Markaziy Osiyodagi Trend Micro kompaniyasi vakillarining maʼruzasi oʻtkazildi.

    Spiker sifatida Trend Micro kompaniyasining mintaqaviy menejeri Nurbek Raximov soʻzga chiqdi.

    Nurbek Raximov axborot xavfsizligini nima uchun oʻrganish kerakligi, ushbu soha qanchalik talabgorligi hamda kelajakda nechta ish oʻrinlari ochilishi haqida soʻzlab berdi.

    TIU talabalari axborot xavfsizligi qaysi domenlarga boʻlinishi hamda oʻqishni nimadan boshlash kerakligi, shuningdek xakerlardan va viruslardan himoya qilish choralari haqida bilib oldi.

    Maʼruza IUT logist-talabalari oʻrtasida katta qiziqish oʻygʻotti. Spiker uchrashuvni yakuniy qismida IUT talabalarining savollariga javob berdi.

    Trend Micro Incorporated kiberxavfsizlik yechimlari sohasida dunyoda yetakchidir. Yetakchi infratuzulmalar uchun maqbullashtirilgan yechimlar, jumladan Amazon Web Services, Microsoft va VMware tashkilotchilarga zamonaviy tahdidlardan axborotni himoya qilish jarayonini avtomatlashtirish imkonini beradi.

    2018 yilning 22 oktyabr kuni IUT va Trend Micro uning doirasida kiberxavfsizlik va AT taʼlim sohasida hamkorlik qilish maqsadida memorandum imzolagan.

    Manba: Axborot xizmati