Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universitetida “Dasturlash soati” aksiyasi oʻtkaziladi
    29.08.2018

    2018 yilning 4 sentabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida 9 yoshdan yuqori boʻlgan bolalar uchun “Dasturlash soati” aksiyasini oʻtkaziladi.

    Aksiya Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan oʻtkazilmoqda.

    2015 yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti 9 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun “Codecraft” loyihasini ishga tushirilgan. Loyihaning maqsadi – bolajonlarning barcha salohiyatlarini roʻyobga chiqarib, kompyuterda ijodiy ishlarni bajarishga oʻrgatishdir.

    Hozirda loyiha doirasidagi dasturlash kurslari “Scratch” tilida oʻtilib, “MIT App Inventor 2” platformasidagi “Android” mobil ilovalari asosida veb-saytlarni yaratish oʻrgatiladi.

    Aksiya davomida qatnashchilar bir soat ichida oʻyinlarni, mobil ilovalarni yoki veb sahifalarni yaratish boʻyicha boshlangʻich bilimlarni olishadi.

    Aksiyada ishtirok etishni istaganlar http://codecraft.uz/hour-of-code/ sayti orqali roʻyxatdan oʻtishlari shart. Joylar soni cheklangan.

    Manba: Axborot xizmati