Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Xavfsiz shahar” kompleksi doirasida tender e'lon qilinadi
    27.06.2018

    “Xavfsiz shahar” kompleksi doirasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda konsalting xizmatlarini ko'rsatishda halqaro konsultant jalb qilish bo'yicha tender e'lon qilindi.

    Mazkur tender bilan – “Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish doirasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda konsalting xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha halqaro konsultant tanlab olinadi. Xizmatlarning eng yuqori qiymati 970 000 AQSh dollari.

    Tender ishtirokchisi quyidagi konsalting xizmatlarini taqdim etishi zarur:

    - Toshkent shahridagi mavjud avtomatlashtirilgan obyektlar hamda axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini loyihaoldi o'rganish;

    - “Xavfsiz shahar” tizimini yaratish va yanada rivojlantirish bo'yicha yangi kontseptsiyani ishlab chiqish;

    - “Xavfsiz shahar” kompleksining tuzilmaviy bo'linmalari va xizmatlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarining tartibini aniqlash hamda ularning ish jarayonini takomillashtirish, tuzilmani qayta ko'rib chiqish va reinjiring bo'yicha takliflar kiritish;

    - Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” tizimini yaratish va rivojlantirish bo'yicha Bosh texnik topshiriqni ishlab chiqish;

    - Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” tizimini yaratish bo'yicha dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblashlarni ishlab chiqish.

    Yuqorida ko'rsatib o'tilgan xizmatlar shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab 6 oy muddatda amalga oshiriladi.

    “Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta'minlashga ko'maklashish markazi” davlat muassasasi tender bo'yicha buyurtmachi hisoblanadi.

    Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100115 Toshkent shahar, Qirqqiz ko'chasi, 10A-uy.

    Telefon: (998 71) 277-89-66, Faks: (998 71) 277-70-66.

    E-mail: info@infosec.uz

    Veb-sayt: www.infosec.uz

    “O'zAloqaKonsalting” MChJ tender bo'yicha Ishchi organ hisoblanadi.

    Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100093, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 5-mavze, 7-uy, 1-xonadon.

    Telefonlar: (99871) 237-02-26, 221-88-93, 221-88-94.

    E-mail: bikmetov@consalting.uz va yakubov@consalting.uz

    Veb-sahifa: www.consalting.uz

    Tenderda axborot texnologiyalari sohasida ixtisoslashgan va “Xavfsiz shahar” kompleks tizimini yaratish bo'yicha konsalting xizmatlarini ko'rsatishga tayyor bo'lgan mahalliy va xorijiy konsalting kompaniyalari ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, tenderda hamkor kompaniyalar uyushmasi ham qatnashishi mumkin. Agar tender ishtirokchisi hamkor kompaniyalar uyushmasi bo'lsa, tender takliflari yetakchi sherik nomidan taqdim etiladi.

    Tender ishtirokchilariga qo'yiladigan talablar:

    - tender e'lon qilingan kundan 5 yil oldin ta'sis etilgan bo'lishi zarur;

    - korxonaga nisbatan joriy etilgan bankrotlik, qayta tashkil etish va tugatilish tartib-taomillarining mavjud emasligi; - mas'uliyatsiz ijrochilarning yagona reestrida qayd etilmaganligi;

    - buyurtmachi bilan sud yoki arbitraj muhokomasi holatida bo'lmasligi zarur.

    Ishchi organ tomonidan tender takliflari joriy yilning 27 iyul soat 17.00 ga qadar qabul qilinadi.

    Tender takliflari tender hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilishi zarur.

    Tender hujjatlarini «Xarid.uz» davlat xaridlari bo'yicha maxsus axborot portalidan, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda buyurtmachi rasmiy veb saytidan, shuningdek, Ishchi organga murojaat qilgan holda olish mumkin.

    Tender hujjatlari bo'yicha qo'shimcha savollarga Ishchi organ dushanbadan jumaga qadar 09.00 dan 18.00 gacha yuqorida ko'rsatilgan manzil bo'yicha so'rovlarni qabul qiladi.

    Tender loyiha hujjatlari: PDFDOC.

    Manba: Axborot xizmati