Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Mastercard xalqaro to‘lov tizimini bilan keng qamrovli hamkorlik istiqbollari muhokama etildi
    02.03.2023

    Raqamli texnogiyalar vaziri Sherzod Shermatov Mastercard xalqaro to’lov tizimining Sharqiy Yevropa bo‘limi prezidenti Yasemin Bedir bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvdan maqsad – raqamlashtirish orqali aholining turmush tarzini qulaylashtishdan iborat.

    Mastercard bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi ijrosi muhokama etilishi bilan birga, o‘tgan haftada Prezidentimiz tomonidan IT Park Uzbekistan majmuasi hududida raqamli moliyaviy texnologiyalar uchun qulay imkoniyatlar yaratish hamda Ingliz qonunchiligini joriy etish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni samarali ijro etishda ham o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

    Muzokaralar davomida tomonlar oʻrtasida imzolangan memorandumga muvofiq hamkorlik boʻyicha masalalar muhokama qilindi.

    Jumladan, moliyaviy texnologiyalar sohasida istiqbolli mahalliy startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha akseleratsiya dasturini joriy etish, aholini raqamli savodxonlikni oshirish, moliyaviy firibgarlikka qarshi kurashish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, kiberxavfsizlik va risklarni boshqarish sohasida zamonaviy “Mastercard” texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish, shuningdek, bir qator boshqa loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko'rib chiqildi.

    Shuningdek, Mastercard kompaniyasi tomonidan O'zbekistonda BPO va KPO autsorsing markazlarini ham tashkil etish hamda “GooglePay”, “PayPal”, “ApplePay” kabi to‘lov tizimlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga ko‘maklashish bo‘yicha kelishib olindi.

    Ma’lumot uchun:

    2022-yil Mastercard xalqaro to’lov tizimi bilan O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat ekotizimini rivojlantirish, kichik va o‘rta biznes salohiyatini oshirish, shuningdek, potentsial hamkorlik platformasini, jumladan, onlayn to‘lov platformasini yaratish masalalarini muhokama qilib, memorandum imzolangan edi.

    Manba: Axborot xizmati