Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • UZTELECOMdan raqamli televideniye!
    17.01.2023

    UZTELECOM televideniye va kino tomosha qilish uchun  bir vaqtning oʻzida ikkita platformalarni ishga tushirmoqda – TelecomTV va MediaBox! Endi sizda TelecomTV yoki MediaBox ilovasida sevimli telekanal, film va seriallardan bahramand boʻlish imkoniyati mavjud.

    TelecomTV/MediaBox OTT platformalarining afzalliklari ularning quyidagi xususiyatlarga egaligidadir:

    • uydan chiqmagan holatda, bir necha daqiqa ichida xizmatga ulanish;
    • kontentni bir vaqtning oʻzida bir nechta qurilmalardan tomosha qilish;
    • bitta ilova ichida xilma-xil telekanallar, kinolar, seriallar va mediakontentlar toʻplami;
    • TV koʻrsatuvlar arxivi, kontentni aqlli tanlash, jonli efir vaqtida pauza va oʻtkazib yuborish qoʻshimcha funksiyalarining mavjudligi va h.k.

    Shuningdek, UZTELECOM platformalarini ishga tushirish doirasida 2023 yilning 16-yanvaridan 15-fevraliga qadar “UZTELECOMdan Televideniye” aksiyasini eʼlon qiladi, unga koʻra TelecomTV va MediaBox xizmatlarida roʻyxatdan oʻtganda “Oʻzbektelekom” AKning barcha abonentlari 60 dan ortiq telekanallarni, shuningdek litsenziyalangan video kontentni oʻz ichiga oluvchi TV kanallarining standart toʻplamini mutlaqo  bepul tomosha qilishlari mumkin*. Aksiya shartlari bilan quyidag havola orqali tanishib olishingiz mumkin.

    OTT xizmatlariga ulanish UZTELECOM simli Internet va mobil aloqa xizmatlari abonentlari uchun amal qiladi. Xizmatdan foydalanish hududi – Oʻzbekiston Respublikasi. Yo'riqnoma bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin.

    * roʻyxatdan oʻtish paytida abonentlar intervalli kirish huquqini oladi, yaʼni ulanish vaqtidan qatʼi nazar, abonent uchun bepul foydalanish 2023-yilning15-fevraligacha amal qiladi.

    Manba: Axborot xizmati