Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekistonda elektron sport turlari yanada rivojlantiriladi
    14.12.2022

    Bugun, 13-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Osiyo elektron sport federatsiyasi vitse-prezidenti Azat Muradov bilan uchrashdi.

    Uchrashuvdan maqsad – O‘zbekiston Prezidentining “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash va ommalashtirish maqsadida hamkorlik o‘rnatish.

    AKT vaziri Sh. Shermatov yurtimizda axborot texnologiyalari sohasiga katta e’tibor qaratilayotgani, shu bilan birga, elektron sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish maqsadida, yurtimizda ushbu yo’nalishda musobaqa va chempionatlar o‘tkazilishining muhimligini ta’kidladi. 

    Uchrashuvda Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov va AESF bosh direktorining oʻrinbosari Lin Kyu, marketing menejeri Kayyu Li ham ishtirok etishdi.

    Manba: Axborot xizmati