Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • VISA kompaniyasi vakillari bilan AQSHda imzolangan Memorandum ijrosiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
    12.10.2022

    Bugun, 12-oktabr kuni kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov VISA kompaniyasining rivojlanish bo‘yicha direktor Anton Borozdin hamda Markaziy Osiyo bo‘yicha davlat organlari bilan ishlash direktori Janna Dyussenbina bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvni tashkil etishdan asosiy maqsad – AKT vazirligidan iborat delegatsiyaning AQSHga tashrifi davomida VISA kompaniyasi bilan imzolagan Memorandum ijrosi hamda bank va huquqni himoya qiluvchi organlar uchun treninglar tashkil etishdan iborat.

    Uchrashuv davomida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, shu jumladan, onlayn to‘lovlar va boshqa sohalardagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari masalalari ham muhokama qilindi.

    Shu bilan birga, AQSHda imzolangan Memorandum doirasida O‘zbekistonda AKT sohasini rivojlantirish, raqamlashlashtirish va texnologiyalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

    Manba: Axborot xizmati