eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi AQSHning VISA kompaniyasi bilan memorandum imzoladi
    22.06.2022

    Ayni kunlarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib turibdi. Tashrifdan asosiy maqsad – Amerika va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, AKT sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.

    Shu munosabat bilan 21-iyun kuni Vashington shahrida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov VISA kompaniyasiga tashrif buyurdi.

    Tashrif davomida VISA kompaniyasi vakillari bilan kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish va uning salohiyatini oshirish, shuningdek, potensial hamkorlik platformasini yaratish, shu jumladan, onlayn to‘lovlar va boshqa sohalardagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

    Shuningdek, AKT vazirligi delegatsiyasi VISA ma’lumotlar markaziga ham tashrif buyurib, uning faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlarga markaz haqida batafsil ma’lumotlar berilib, taqdimot o‘tkazildi.

    Uchrashuvda O‘zbekistonda AKT sohasini rivojlantirish, raqamlashlashtirish va texnologiyalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish maqsadida AKT vazirligi va VISA kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.  

    Manba: Axborot xizmati