Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati soha xodimlariga onlayn huquqiy o‘quv soatida tushuntirildi
    20.05.2022

    2022-yil 18-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi bo‘yicha soha xodimlariga “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, respublika miqyosida kiberxavfsizlikni ta’minlashga doir davlat siyosatini amalda joriy etilishi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

    Unda AKT vazirligi Markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

    Mazkur ma’ruza bo‘yicha tayyorlangan taqdimotni quydagi havola orqali yuklashingiz mumkin.