eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyatida 70 nafar xotin-qizlar axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ldi
    30.03.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2020-yilning 8-oktyabr kuni o‘tkazilgan “Gender tenglik, yoshlar va ayollar masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi”da “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” tizimini joriy etilishi ta’kidlangan edi.

    Shundan so‘ng har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida “Ayollar daftari” shakllantirilib, unga ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bo‘lgan ishsiz xotin-qizlar kiritildi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan IT Park bilan birgalikda Samarqand viloyatidagi “ayollar daftari”ga kiritilgan 70 nafar xotin-qizlarning “Kompyuter savodxonligi” bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

    Joriy yilning 29 mart kuni o‘quv kurslarida ta’lim olgan xotin-qizlarga maxsus sertifikatlar topshirish marosimi tashkil etildi. Marosimda, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i D.Xo‘jamberdiyev ishtirok etdi hamda xotin-qizlarni kompyuterdan foydalanish bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalari kelgusi mehnat faoliyatlarida asqotishi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, o‘quv kursi davomida faol ishtirok etgan xotin-qizlarga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda IT Park tomonidan yuborilgan esdalik sovg‘alari topshirildi.

    Taqdirlash marosimi IT Park ning Samarqand filialida tashkil etilib, tadbir davomida filial bo‘yicha ekskursiya tashkil etildi va batafsil ma’lumotlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati