Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “EdTech Hub Bukhara” dasturining gʻoliblari taqdirlandi
    12.04.2022

    Joriy yilning 8-aprel kuni IT Park Uzbekistan tomonidan “EdTech Hub Bukhara” inkubatsiya va akseleratsiya dasturining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Marosimda dasturning barcha bitiruvchilari, ularning yaqinlari, ustozlari hamda IT Park startap ekotizimlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, IT Parkʼning akseleratsiya bo‘yicha menejeri va IT Park Buxoro filiali xodimlari ishtirok etishdi.

    Inkubatsiya va akseleratsiya dasturi – O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan IT Park va IT-Markazlar bilan birgalikda yaratilgan va ishga tushirilgan “EdTech Hub Bukhara” loyihasining uchta komponentidan biri. Loyiha uchta yirik komponentdan iborat edi: 2 ta taʼlim va 1 ta inkubatsiya va akseleratsiya dasturi.

    Dastur natijalariga koʻra:

     1-o‘rinni “Aqlli issiqxona” loyihasi – 30 million so‘m;

     2-o‘rinni “Lemix” loyihasi egalladi – 15 million so‘m.

    “Aqlli issiqxona” – bu sugʻorishni masofadan boshqarish, haroratni kuzatish va barqaror oʻsish uchun qulay sharoitlarni saqlash imkonini beruvchi issiqxona tizimlarini avtomatlashtirish va monitoring qilish loyihasi. Bundan tashqari, tizim suv va energiya kabi resurslarni tejaydi.

    “Lemix” – bu CRM va LMS vositalarini oʻz ichiga olgan oʻquv markazini boshqarish tizimi. Qolaversa, u talabalar, moliyaviy hisobotlarni yuritish hamda asosiy koʻrsatkichlarni tahlil qilish imkonini beradi.

    Eslatib o‘tamiz, inkubatsiya va akseleratsiya dasturi ishtirokchilari bepul o‘qitish va ekspert ko‘magidan tashqari, o‘z loyihalarini ishlab chiqish uchun 45 million so‘m mukofot jamg‘armasi uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    “EdTech Hub” inkubatsiya va akseleratsiya dasturiga jami 77 ta loyiha ariza topshirgan, ulardan 8 tasi keyingi rivojlanish dasturiga tanlab olindi.

    Manba: Axborot xizmati