Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Bangladesh kompaniyalari bilan hamkorlikda uchinchi davlatlarga eksport qilish masalalari muhokama qilindi
    16.03.2022

    Bugun, 16-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda ​Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jaxangir Alam o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

    Uchrashuv chog‘ida ikki davlatlar o‘rtasida AKT sohasida, jumladan, IT tadbirkorlik va IT ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

    BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvda ta’kidlanganidek, bugungi kunda O‘zbekistonga IT xorijiy kompaniyalarni jalb qilish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Shuningdek, uchinchi davlatlarga IT eksportni yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi.

    Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida ikki davlatlar oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligini hamda bu borada barcha imkoniyatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

     

    Manba: Axborot xizmati