Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Islom Taraqqiyot Banki a’zo davlatlariga xizmatlar eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi
    04.03.2022

    O‘zbekiston Respublikasi AKT vazirligi delegatsiyasining Barselonada (Ispaniya Qirolligi) bo‘lib o‘tayotgan “MWC Barcelona-2022” Jahon mobil kongressida ishtirok etish doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Islom Taraqqiyot Banki (ITB) vakillari bilan uchrashdi.

    Uchrashuv chog‘ida AKT vaziri Sh. Shermatov O‘zbekistondagi demografik o‘zgarishlar, jumladan, aholi soni o‘sib borishi va ularning aksariyat qismini yoshlar tashkil qilishi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

    O‘zbekiston bu imkoniyatdan foydalangan holda xalqaro kompaniyalar xizmatlarini O‘zbekistonga autsors qilishni va o‘z yoshlarini BPO va KPO xizmatlarni ko‘rsatish orqali ish bilan ta’minlashga katta e’tibor qaratmoqda.

    Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda IT-Park faoliyati yo‘lga qo‘yilganidan buyon mamlakatning IT eksporti, shu jumladan, BPO xizmatlarining hajmi ham oshib bormoqda. Yaqin orada bunga KPO xizmatlari ham qo‘shilishi rejalashtirilgan. Bu rejaga ayollar, yoshlar va jismoniy nuqsoni bor fuqarolarning jalb qilinishi ham nazarda tutiladi, bu, o‘z navbatida, mamlakatdagi raqamli bo‘linishni kamaytirishda ham yordam beradi” – deya aytib o‘tdi AKT vaziri Sh. Shermatov.

    AKT vaziri Sh. Shermatov O‘zbekistonda bo‘layotgan raqamli islohotlar va BPO xizmatlari yo‘nalishida mutaxassislar yetishtirib chiqarish uchun o‘tkaziladigan treninglar va ochilishi rejalashtirilayotgan markazlar to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

    Tomonlar keng va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etib, ularni yanada rivojlantirish uchun sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Manba: Axborot xizmati