Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park xorijiy IT kompaniya va mutaxassislarni Toshkentga taklif qiladi!
    25.02.2022

    IT-Park tomonidan IT-kompaniyalari, shuningdek, IT-mutaxassislarini Toshkentga jalb etish, jumladan, ularni oilalari bilan ko‘chirish bo‘yicha maxsus dastur ishga tushirildi. 

    Dastur IT-mutaxassislari va ularning oila a’zolariga qulaylik yaratish bilan birga, tez va oson ko‘chib o‘tishga yordam beradigan xizmatlar to‘plamini o‘z ichiga oladi.

    Dasturda quyidagi bepul va asosiy xizmatlar toplami mavjud:

    - viza bilan taminlash (agar kerak bo'lsa);

    - aeroport transferlari va transport;

    - davlat va xususiy kompaniyalar bilan uchrashuvlar tashkil etish;

    - barcha qulayliklarga ega bolgan uy-joy tanlash;

    - yirik IT-kompaniyalarda ishga joylashishda yordam berish yoki istiqbolli IT-loyihalarda ishtirok etish uchun taklifnoma;

    - bolalar bogchasi va maktab bolalari uchun tanlov;

    - O‘zbekistonning tarixiy va tabiiy diqqatga sazovor joylariga oilaviy sayohatlarni tashkil etish;

    - O‘zbekistonga moslashish uchun maxsus dastur;

     Shuningdek, IT-kompaniyalari uchun quyidagi bepul xizmatlar taqdim etiladi:

    - kompaniyani tez va oson tarzda ro'yxatdan otkazishda yordam berish;

    - malakali xodimlarni tanlashda yordam berish;

    - barcha qulayliklarga ega ofis maydonidan imtiyozli ravishda foydalanish;

    Ma’lumot uchun: IT Park rezidenti tomonidan kompaniya ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng barcha xizmatlar bepul taqdim etiladi.

     Nega aynan O'zbekiston?

    O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi yetakchi davlatlardan biri hisoblanib, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va turmush darajasini oshirish maqsadida bir necha yil avval boshlangan islohotlar bugungi kunda o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznesni yuritish – 2020” hisobotida O‘zbekiston amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lami va samaradorligi bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi 20 ta islohotchi davlat qatoriga kirdi.

    O‘zbekistonda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilingan bo‘lib, unda yaqin yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida, jumladan, barcha tuzilmalar hamda davlat boshqaruvida 280 dan ortiq IT-loyihalarni joriy etish ko‘zda tutilgan.

    Mamlakatda startap loyihalarni moliyalashtirish uchun 12 ta venchur fond ishga tushirildi, 40 dan ortiq xorijiy investor va mablag‘lar hisobidan 80 million AQSH dollaridan ortiq mablag‘ jalb etildi. 

    Mamlakatimizda 130 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari, jumladan, 22 ta xorijiy oliy o‘quv yurtlari mavjud bo‘lib, ularning diplomlari dunyoning ko‘plab davlatlarida tan olingan.

    O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 11 mingtaga yetdi, “Coca Cola”, “General Motors”, “Nestle” shular jumlasidandir.

    IT mutaxassislari va IT kompaniyalari uchun ajratilgan imtiyozlar

    O‘zbekistonda 2028-yilgacha IT-kompaniyalari uchun katta soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etilmoqda, xususan:

    - barcha turdagi soliqlardan toliq ozod qilish;

    - xodimlardan olinadigan daromad soligi stavkasi 7,5 foizgacha pasaytirildi;

    - o‘z ehtiyojlari uchun dasturiy ta’minot va jihozlarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan to‘liq ozod qilish;

    - valyuta o'tkazmalarida cheklovlarning yoqligi. 

    Bundan tashqari, bugungi kunda mamlakatimizda IT-mutaxassislari faol tayyorlanmoqda. Jumladan, barcha hududlarda 205 ta o‘quv IT markazlari tashkil etilib, ularda 85 mingdan ortiq talaba tahsil oldi. Mamlakatda 1 milliondan ortiq talabalarni birlashtirgan “Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasi ishga tushirildi.

    Respublikamizda Microfsoft, IBM, Oracle, HP, SAP, Cisco, EPAM, Exadel, iTechArt, HW, ZTE, Telegram, WhatsApp va boshqa mashhur kompaniyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Bugungi kunga qadar 500 dan ortiq IT-kompaniyalar faqat IT Park rezidentlari hisoblanadi.

    Ushbu dastur haqidagi toliq ma’lumotga ega bolmoqchi bolsangiz, havolani toldiring: https://forms.gle/bYfgV4nePeA786oQA

    Qo‘shimcha savollar uchun, Xalqaro aloqalar bo‘yicha menejer Amaliya Ergashevaga murojaat qilishingiz mumkin: 

    Mobil: +998 93 5141775

    Ish telefoni: +998 71 2091199

    E-mail: a.ergasheva@it-park.uz

    Manba: Axborot xizmati