Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida ixtisoslashtirilgan IT maktab o’z faoliyatini boshladi
    27.12.2021

    Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi 77-son informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimi bo‘lib o`tdi.

    Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Qo‘shrabot tuman hokimligi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi rahbar va xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, maktab o`qituvchi va o`quvchilari ishtirok etdilar. 

    Mazkur maktab zamon talablari asosida ta`mirlandi va jihozlandi. Unda  informatika, robototexnika, IT English sinfxonalari, raqamli kutubxona tashkil etildi. Endilikda ushbu maktab o‘quvchilariga informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalar chuqurlashtirilib o‘qitiladi va amaliyotda bilimlarini sinash imkoniyati beradi.

    O‘tgan davrda Samarqand viloyatida 7 ta informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati