Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekistonlik dasturchilar jahon ommaviy axborot vositalari nigohida
    22.12.2021

    Hamma sohada bo‘lgani kabi bugungi kunda axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasida ham ilm-fan yutug’lari shiddat bilan kirib bormoqda. Bu esa, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parklar faoliyatini rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishga mos startap g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga undaydi hamda globallashuv jarayonida raqobatbardoshlikni oshirmoqda. Bugun yoshlarimiz dunyoning istalgan kompaniyalarida aynan IT yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Shunday yoshlarimizdan biri Amerikaning “Super Dispatch” texnologik kompaniyasida ishlaydigan dasturchi Durdona Bahronovani aytishimiz mumkun.

    AQSHning CNN telekompaniyasi butun dunyo iste’dodli va iqtidorli yoshlari haqidagi yangi “The Generation Next” loyihasi dasturida Durdona Bahronova haqida ko‘rsatuv tayyorlab efirga berdi.

    Durdona Bahronova Amerikaning “Super Dispatch” texnologiya kompaniyasida ishlaydigan dasturchi, “The Generation Next” loyihasi dasturi orqali texnologiya o‘z hayotlarini qanday yaxshilashini ko'rishni xohlaydigan ko'plab odamlarga, ayniqsa ayollarga maslahat bergan. U endigina 25 yoshda va koʻproq ayollar va yoshlarni axborot texnologiyalari olamiga qoʻshilishga ilhomlantirishni oʻz vazifasiga aylantirgan.

    U dastlab biologiyaga ishtiyoqi baland bo‘lganligigni, IT sohasidagi dasturlashning kuchini anglab etgach, ortga qaytish yo‘qligini aytadi.

    D.Bahronovaning aytishicha, u dastlab bu sohada ishlaydigan juda kam sonli ayollardan biri bo'lgan.

    Shuni alohida qayd etish lozimki, texnika va kommunikatsiya asrida insonlarning dunyoqarashi, fikri kun sayin o‘zgarib bormoqda. Bugungi kunda ularni hayratlantirish, turmush tarzini butkul o‘zgartirib yubora oladigan loyihalarni ishlab chiqish ham qiyinlashib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri ularning zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan faol foydalanishi, dunyoda ro‘y berayotgan yangiliklar, voqea-hodisalardan tez xabardor bo‘lishidir.

    Shu maqsadda, Axborot texnologiyalari sohasini va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ushbu sohadagi startap-loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ichki va tashqi bozorlarda dasturiy va yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlarni targ‘ib qilishga ko‘maklashish maqsadida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Respublika bo‘ylab IT-Parkning hududiy filiali (Andijon, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida) shuningdek, AQSHda IT-park vakolatxonasi tashkil qilindi. Respublika bo‘ylab IT-xizmatlarni ko‘rsatadigan hamda IT-park rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tib, faoliyat yuritatyogan IT-kompaniyalar soni ko‘payib bormoqda.

    2021 yildan boshlab IT-Park rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari 4 dan 18 gacha kengaytirilgan. Xususan, bugungi kunga qadar robototexnika, ma’lumotlarni qayta ishlash hamda IT-autsorsing xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar huquqiga ega bo‘lishdi. Shu bilan birga, bugungi kunga qadar IT-Parkning startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini muvafaqqiyatli yakunlagan 100 ga istiqbolli startap-loyihalar moliyalashtirildi.

     

    Manba: Axborot xizmati