Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahrining Sergeli va Bektemir tumanlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochildi
    29.10.2021

    Ta’kidlash lozim, “Besh tashabbus” loyihasi doirasida respublikaning barcha hududlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochilmoqda. Poytaxtimizning Sergeli hamda Bektemir tumanlarida ham IT-markazlar o‘z faoliyatini boshladi. 

    Ushbu markazlarda yoshlar axborot texnologiyalari sohasida dolzarb va talabgir kasblarni oʻzlashtirishlari mumkin boʻladi hamda  birinchi bosqichda barcha yoshlarga bepul ta’lim beriladi. 

    Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan barcha fuqarolar IT yo‘nalishida o‘qitilib, ularga sertifikat beriladi hamda ish taklif etiladi.

    Ochilish marosimida IT Park rahbariyati, Toshkent shahar hokimligi va boshqalar ishtirok etdilar.

    Mazkur markazlar IT kasblarini o‘zlashtirish va shu yo‘nalishda karyera boshlash uchun ajoyib imkoniyatdir. Bu yerda yoshlar kompyuter savodxonligi, dasturlash tillari, mobil ilovalar yaratish va boshqa ko‘plab kurslarda o‘qishingiz mumkin.

    Manba: Axborot xizmati