Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon viloyatida raqamli islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda
    13.12.2021

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5 - oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi bo‘yicha hisobot berildi.

    Mazkur yig‘ilish Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashidagi tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal - demokratik partiyasi deputatlik guruhi so‘roviga asosan o‘tkazilib, yuqorida keltirilgan Farmon ijrosi yuzasidan tanlab olingan na’munali Xonobod shahri va Bo‘ston tumanida amalga oshirilgan chora-tadbirlar to'g'risida so'z yuritildi. 

    Shu bilan birga, viloyat miqyosida telekommunikatsiya tarmoqlari, raqamli ta’limni rivojlantirish, raqamlashtirish doirasida ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan axborot tizimlari, axborot texnologiyalari sohasida kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

    Hisobot ma’lumotlarini tinglash davomida deputatlar tomonidan bir qator savollar berilib, ushbu savollariga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan javoblar berildi. 

    Hisobot yakunida deputatlik guruhi tomonidan amalga oshirilgan ishlar ijobiy baholanib, ushbu jarayonlarni yanada izchil davom ettirilib borishi ta’kidlandi.

     

    Manba: Axborot xizmati