Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyatida informatika va axborot texnologiyalarni chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktab o‘z faoliyatini boshladi
    01.12.2021

    Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 23-son informatika va axborot texnologiyalarni chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Samarqand viloyati hokimligi, Samarqand viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi, Jomboy tuman hokimligi rahbar va xodimlari, hamda jamoatchilik vakillari, maktab oqituvchi va oquvchilari ishtirok etdilar.

    Mazkur o‘quv muassasasi talab darajasida tamirlandi va jihozlandi. Unda informatika, robototexnika sinfxonalari, raqamli kutubxona tashkil etildi. Endilikda ushbu ixtisoslashtirilgan maktab oquvchilariga informatika fani chuqurlashtirilib oqitiladi.

     

    Manba: Axborot xizmati