Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universitetida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi
    01.12.2021

    Joriy yil 30-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Bir kamar bir yo'l 6-sonli konferensiya"si bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Ocean College, Chjeszyan universiteti (Xitoy) va Jungseok xalqaro logistika va tijorat ilmiy-tadqiqot instituti (Janubiy Koreya) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

    Tadbirning asosiy mavzusi pandemiyadan keyingi davrda logistika va boshqa iqtisodiy muammolarga bag‘ishlangan. Konferensiyada noaniqlik davrida logistikani boshqarish, Markaziy Osiyoda logistika menejmenti, BRI iqtisodiy oqibatlari, yetkazib berish zanjiri boshqaruvi va qarorlar qabul qilishda axborot texnologiyalarining roli, yetkazib berish zanjirida inson resurslarini boshqarish kabi mavzulardagi masalalar ko‘rib chiqildi.

    Tadbirda 30 dan ortiq mahalliy va xalqaro tashkilotlar vakillari, hamda xorijiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.

     

    Manba: Axborot xizmati