Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Zamonaviy Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    30.11.2021

    Bugun, 30-noyabr kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkida Koreya Respublikasining Milliy axborot agentligi jamiyati (NIA) bilan hamkorlikda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov qatnashdi.

    Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov  bugungi kunda Koreya Respublikasi bilan keng qamrovli ikki tomonlama hamkorlik aloqalari o‘rnatilganligini, boshqa sohalar kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida ham ishlar jadal su’ratlarda olib borilayotganligini, mazkur Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilishi ham ana shunday hamkorlikning samarasi ekanligini alohida ta’kidladi.

    Ma’lumot uchun aytish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Koreya Respublikasining Davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirligi o‘rtasida Seul shahrida elektron hukumatni yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi o‘zaro Anglashuv memorandum imzolangan.

    Mazkur memorandum doirasida Koreya Respublikasining Milliy axborot agentligi jamiyati (NIA) bilan birgalikda IT Parkning Toshkent, Samarqand, Urganch va Nukus shaharlaridagi IT markazlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda. Ushbu markazlar zamonaviy texnologiyalarga asoslangan va ilg‘or usullardan foydalangan holda o‘quv jarayonlarni tashkil etish maqsadida zarur jihozlar va kompyuter uskunalar, ya’ni noutbuk, interaktiv doskalar, multimediya proyektorlar, printerlar va boshqa qo‘shimcha jihozlar bilan ta’minlanmoqda.

    Zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlangan markazning o‘quv va amaliy mashg‘ulot xonalari yoshlarga axborot texnologiyalari yordamida yangi bilimlarni o‘zlashtirish va bu sohada o‘z salohiyatini namoyn qilish imkonini beradi.

    Manba: Axborot xizmati