Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • "Sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom" tasdiqlandi
    30.11.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 717-son qarori bilan "Sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom" tasdiqlandi.

    Nizomga muvofiq maxsus rejim IT-Parkning alohida boʻgʻini boʻlib, u yerda alohida huquqiy yengilliklar yaratiladi va yuridik shaxslar va ilmiy tashkilotlar tomonidan dasturiy mahsulotlar tajribadan oʻtkaziladi va amaliyotga joriy qilinadi.

    Talabgorlar maxsus rejim ishtirokchisiga aylanish uchun IT-Parkning maxsus veb-platformasi orqali ariza topshiradi. Arizalar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 5 ish kunida dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi.

    Ekspert kengashi va Muvofiqlashtirish komissiyasi xulosalari asosida vazirlik talabgorlarni ishtirokchi sifatida roʻyxatga olish yoki roʻyxatga olishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

    Maxsus rejim ishtirokchisi boʻlish uchun talabgorlar IT-parkning maxsus veb-platformasi orqali ariza topshiradi.

    Manba: Axborot xizmati