Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUning yangi qurilayotgan va ta’mirlanayotgan binolarida ta’lim sifatini hamda ichki ijodiy muhitni yaxshilashga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi
    29.11.2021

    27-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurib, u yerda qurilayotgan va ta’mirlanayotgan obyektlarning qurilish holati va taqdimoti bilan tanishdi.

    Ikkita 9 qavatlik o‘quv binosini rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur o‘quv binosi 1 500 nafar talabalarga mo‘ljallangan, 7 ta ma’ruzalar xonasi, 21 ta o‘quv xonalari va 9 ta kompyuter xonasi mavjud.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yangi Nurafshon filiali tashkil etilib, uning Nurafshon kompleksi barpo etilmoqda. O‘quv binosi 1 030 o‘rinli, 5 qavatdan iborat, 2 ta o‘quv laboratoriyasi (texnopark), sport zali, ochiq sport maydonchasi, 18 qavatdan iborat 630 o‘rinli talabalar turar joyi, 300 o‘rinli talabalar oshxonasi va 420 o‘rinli 4 qavatdan iborat Toshkent viloyati axborot texnologiyalari texnikumi binolari qurilmoqda.

    Toshkent axborot texnologiyalari universitetida faoliyat olib borayotgan xodimlar va talabalar uchun qulay shart sharoit yaratish maqsadida yangi o‘quv korpuslari, zamonaviy kompyuter sinflari, keng auditoriyalar, talabalarning sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish maqsadida yangi sport majmuasi qurilmoqda.

    Universitetning 2ta 9 qavatlik o‘quv binosini rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur o‘quv binosi 1500 nafar talabaga mo‘ljallangan, 7 ta ma’ruzalar xonasi, 21 ta o‘quv xonalari va 9 ta kompyuter xonasi mavjud.

    Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yangi Nurafshon filiali tashkil etilib, uning Nurafshon kompleksi barpo etilmoqda. O‘quv binosi 1 030 o‘rinli, 5 qavatdan iborat, 2 ta o‘quv laboratoriyasi (texnopark), sport zali 1 200 m2, ochiq sport maydonchasi 420 m2, 18 qavatdan iborat 630 o‘rinli talabalr turar joyi, 300 o‘rinli talabalr oshxonasi va 420 o‘rinli 4 qavatdan iborat Toshkent viloyati Axborot texnologiyalari texnikumi binolari qurilmoqda.

    Taqdimot va tanishuv davomida AKT vaziri olib borilayotgan ishlar bo‘yicha o‘z takliflarini berdi.Ayniqsa qurilayotgan va ta’mirlanayotgan ob’ektlar talabalar uchun keng imkoniyatlarga javob beradigan sharoitga ega bo‘lishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Binolarni qurish va ta’mirlanishi talabalarni yangiliklar yaratishga undaydigan joyga aylantirish kerakligi ta’kidlandi.

     

    Manba: Axborot xizmati